қ қ 10

1. Minor jome masjidi
 қ  қ 10














Toshkent shahri markazida joylashgan Minor jome masjidi 2013-yilda qabul qilingan Toshkent shahrining Minor mahallasi hududida masjid barpo etish chora-tadbirlari togrisidagi Prezident qaroriga binoan barpo etilgan. Masjid bir paytning ozida 3 mingdan ziyod namozxonni bagriga sigdira oladi.

Masjidning bosh binosi ikki qavatli xonaqoh, ikkita peshtoq, balandligi 38 metr bolgan ikkita minora va bir gumbazdan iborat. Masjid hovlisining ikki tomonida milliy yogoch oymakorligi uslublarida bezatilgan ustunlar ornatilgan. Bozsuv yoqasigacha korkam maysazorlar va xiyobon yaratilgan.

Masjid 2014-yil 1-oktabrda rasman ochildi.

2. Hazrati Imom majmuasi
 қ  қ 10











2007-yil boshida Prezidentimiz Farmoni bilan Hazrati Imom (Hastimom) jamoatchilik jamgarmasi tashkil etilib, Hazrati Imom majmuasining asl tarixiy qiyofasini tiklash maqsadida bu yerda keng kolamli qurilish-tamirlash va obodonchilik ishlari olib borildi.

Xazrati Imomning yangi korinishi qadimiy ananalar asosida yaratilgan bolib, u ikki gumbaz va ikki minoradan iborat. Ong minora xorazmlik ustalar, chap minora samarqandlik hunarmandlar tomonidan bunyod etilgan. Minoralarning uzunligi 53 metrni tashkil etadi. Masjidga kiraverishda sandal daraxtidan ishlangan 20 ta ganch tushirilgan ustunli ayvon joylashgan. Gumbazlar darchalarining alohida loyihalashtirilishi, quyosh nurlarining tongdan ufqqa qadar masjidni yoritib turishiga imkon yaratgan. Ikki gumbazning ichki qismi tilla suvi bilan yurgizilgan.

3. Alisher Navoiy nomidagi Ozbekiston Milliy kutubxonasi
 қ  қ 10












Kutubxona Ozbekiston Prezidentining 2002-yil 20-fevraldagi Ilmiy-tadqiqot faoliyatini takomillashtirish togrisidagi Farmoni hamda 2002-yil 12-apreldagi Vazirlar Mahkamasining Alisher Navoiy nomidagi Ozbekiston Milliy kutubxonasini tashkil etish haqidagi Qaroriga muvofiq Milliy maqomini oldi.

2011-yil yangidan qurilgan kutubxona binosi yetti qavatli bolib, yer ostidagi ikki qavati fonddan iborat. Kitoblarni sifatli saqlash uchun zamonaviy mobil stellaj olib kelindi. Ilgari soralgan kitob yo gazeta-jurnalni oquv zaliga keltirish uchun kutubxonachi opalar kamida yarim soat yol bosishiga togri kelgan bolsa, bugun bu jarayon 345 metrli telelift va 100 kilogramm yukni kotarishga moljallangan lift vositasida bajarilmoqda.

Shuningdek, bu yerda Ozbekiston Milliy kutubxonasi hamda Simpoziumlar saroyini birlashtirgan Marifat markazi ham qad rostlagan.

Milliy va zamonaviy arxitektura uslublarini ozida mujassam etgan bu muhtasham koshona Mustaqillik maydoniga tutash hududda Yoshlar ijod saroyi, Tasviriy sanat galereyasi, Poytaxt biznes markazi kabi mahobatli inshootlar bilan yaxlit kompozitsiya hosil qilgan.

Bino yolaklariga oq marmarlar yotqizilgan. Majmua derazalariga sakkiz qirrali yulduz shaklidagi uzun panjaralar ornatilgan. Bino tashqarisida betakror landshaft dizayni va musiqiy favvora sayrgohga aylangan.

Saroyning 1 000 orinli katta zalida memoriy yechimiga kora dunyo tajribasida kam uchraydigan gumbaz atrofi boylab joylashtirilgan 36 ta deraza kun davomida tabiiy yoruglikni taminlaydi. Deraza osti va gumbaz ichidagi maxsus moslamalar yordamida zal havosi muntazam yangilanib turadi.

Davlatimiz rahbarining goyasi asosida Simpoziumlar saroyi vestibyulidagi devorlarga yoqut, feruza, zumrad, lojuvard, malaxit (yashiltosh), yashma kabi noyob, tabiiy va qimmatbaho toshlardan yasalgan mahobatli ikki panno shakli, naqshlar tushirilgan.

4. Bunyodkor sport majmuasi
 қ  қ 10














2012-yil 28-sentabr kuni Toshkentda Bunyodkor sport kompleksining ochilishi bolib otdi. Unda Ozbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov ham qatnashdi. Shu kuni ozbek futbolining 100 yilligi nishonlandi.

Bunyodkor sport majmuasi oz ichiga 56 gektar maydonni egallagan 7 ta zamonaviy maydon, bolalar-osmirlar futbol maktabi, basseyn va boshqa zamonaviy inshootlarni qamrab olgan.

Stadion 20082012-yillar davomida qurilgan bolib, 34 ming kishiga moljallangan.

5. Poytaxt biznes markazi
 қ  қ 10
















Poytaxt biznes markazi 2010-yilda ochilgan bolib, Mustaqillik maydoniga yaqin hududda joylashgan. Biznes markazida ijaraga beriluvchi ofislar, Mustaqillik mehmonxonasi, Kizilkum Gold restorani, bar, fitnes-markaz hamda anjumanlar zali joylashgan.

6. Fargona viloyati Teatr-konsert saroyi
 қ  қ 10













Mamlakatimiz Konstitutsiyasi qabul qilinganining 22 yilligi arafasida Prezident Islom Karimov tashabbusi bilan Fargona viloyat markazida Teatr-konsert saroyi bunyod etildi. U 2014-yilning 6-dekabr kuni tantanali ravishda ochildi.

Mazkur sanat saroyi 1 000 orinli bolib, milliy va zamonaviy memorchilik ananalarini ozida uygunlashtirgan. Eshik va ustunlari sharqona naqshlar bilan bezatilgan.

7. Buxoro madaniy markazi majmuasi
 қ  қ 10













Prezident Islom Karimov goyasi, tashabbusi va rahnamoligida barpo etilgan Kohna va boqiy Buxoro monumenti, viloyat musiqali drama teatrining muhtasham binosi hamda amfiteatrni oz ichiga olgan Buxoro madaniy markazi majmuasi 2010-yil 30-avgustda ochilgan.

Kohna va boqiy Buxoro monumentining markaziy qismida uch avlodbaxtiyor yosh oila: ota-ona va bola, barhayotlik timsolinihol otqazayotgan bobo va nevara hamda uy qurayotgan ota va farzandning barelyefli haykallari ifodalangan.

Madaniy markaz hududidagi barcha yollar salobatli Kohna va boqiy Buxoro monumenti yonida tutashadi. Obidaning baland tepasida ulkan Yer shari ornatilgan. Unda mustaqil Ozbekiston xaritasi tilla rangda naqshlangan.

8. Andijondagi Hamkor biznes markazi
 қ  қ 10













2011-yil Andijon shahrida Hamkor xalqaro biznes markazi ochildi.

5 qavatli markaz Hamkorbank aksiyadorlik-tijorat banki tomonidan bunyod etildi. Markazda tadbirkorlar uchun ofislar, konferens-zal, oquv markazi, mehmonxona, restoran, bank bolimi, kinozal, kafe-bar, qator savdo dokonlari mavjud.

9. Temuriylar tarixi davlat muzeyi
 қ  қ 10













18 oktabr Temuriylar tarixi davlat muzeyi ochilgan kun. Muzey 1996-yili Sohibqiron tavalludining 660 yilligi munosabati bilan Amir Temur xiyoboniga tutash hududda barpo etilgan. Binoning butun aylanasi boylab joylashgan ayvonni oq ustunlar kotarib turibdi. Muzeyning balandligi 31, diametri 70 metr. Muzey gumbazini yoritib turgan Zumrad deb nomlangan qandilning ogirligi 2 tonnadan oshadi. Unga 500 ta yoritgich ornatilgan.

Muzey 3 qavatdan iborat. Birinchi qavatida xazinaxona, kutubxona, anjumanlar zali, mamuriyat joylashgan. Ikkinchi qavatdagi devor markazidan Buyuk Sohibqiron buyuk bunyodkor deb nomlangan panno joy olgan. Uchinchi qavatdan Markaziy Osiyoning ilk Uygonish davridan to Sohibqiron davrigacha va temuriylar hayotidan hikoya qiluvchi eksponatlar, rang-barang osori atiqalar orin olgan.
Bugungi kunda muzeyda temuriylar tarixidan sozlovchi 3,5 mingdan ziyod eng noyob yodgorliklar saqlanmoqda.

10. Chorvoq oromgohi yoki Piramidalar soglomlashtirish markazi
 қ  қ 10













Soglomlashtirish markazi Toshkent viloyati Bostonliq tumanida joylashgan. Piramida shaklidagi uchta binoda turli sinfdagi restoran, bar, biznes-markaz, anjumanlar zali, trenajer zallari, tibbiyot punkti singari jami 208 ta nomer bor.

Markaz 2002-yil 25-dekabrda rasman ochilgan.

:daryo.uz

қ , , CTRL + ENTER .


қ қ: