“Chorsu” mehmonxonasi o‘rnida zamonaviy ko‘ngilochar majmua va biznes markazi paydo bo‘ladi

Toshkentdagi “Chorsu” mehmonxonasi o‘rnida zamonaviy ko‘ngilochar majmua va zamonaviy biznes markazi paydo bo‘ladi. Bu haqda Toshkent arxitektura va qurilish bosh boshqarmasi rahbari Asomiddin Tojiyevga asoslanib “Porobno.uz” xabar berdi.


“Chorsu” mehmonxonasi o‘rnida zamonaviy ko‘ngilochar majmua va biznes markazi paydo bo‘ladi


Uning so‘zlariga ko‘ra, binoning fasadini rekonstruksiya qilish ishlari boshlab yuborilgan. Loyihaga binoan, binoning dastlabki uch qavatida restoran, sportzallar va bouling markazi joylashadi. Shuningdek, basseynli fitnes zali ham faoliyat ko‘rsatadi. Qolgan qavatlar ofislar uchun ajratiladi. Bino yangi eskalator va liftlar bilan ta’minlanadi.

Qurilish ishlari 1,5 yil davom etishi ko‘zda tutilgan. Bu binoning shakli bilan bog‘liq bo‘lib, unda to‘rtburchak xonalar deyarli mavjud emas. Shu sababli zallarni uskunalar, jihozlar va mebellar bilan ta’minlash ma’lum qiyinchiliklarni keltirib chiqaradi. Navro‘z bayramigacha bino fasadi rekonstruksiyasi tugatilishi rejalashtirilgan, natijada sobiq mehmonxona butunlay yangicha ko‘rinish oladi.
Манба: Daryo

Агарда мақолада хатони учратган бўлсангиз, унда хато матнини белгилаб, CTRL + ENTER тугмасини босинг ва сайт маъмурига хабарнома жўнатинг.


Ижтимоий тармоқда тарқатиш: